18:37 / 25.08.2015
2479

Turkiya samolyotlari Iroq shimolida 34 kurd jangarisini yo‘q qildi

Turkiya harbiy havo kuchlari bergan aviazarbalar natijasida Kurdiston ishchi partiyasining Iroq shimolidagi 34 nafar jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Habertürk portali ma'lum qildi.

Aytilishicha, zarbalar Qandil viloyatidagi kurd pozitsiyalariga berilgan.
KIPga qarshi harbiy amaliyotlar iyul oyining o‘rtasidan buyon ham mamlakat ichida, ham Iroq shimolida o‘tkazilmoqda. Qandilda olib borilgan amaliyotlar chog‘ida jami 800 jangari yo‘q qilingan.

Top