02:39 / 26.08.2015
4586

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi

25 avgustda Chempionlar Ligasining pley-off bosqichidagi javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Natijalarga ko‘ra Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi ishtirokchilari aniqlandi.

Musobaqaning guruh bosqichiga “Valensiya”, “Shaxtyor”, “Makkabi”, “Malmyo”, “Dinamo” (Zagreb) jamoalari yo‘l olishdi.

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi Venaning “Rapid” klubi bilan 2:2 hisobida, “Monako” “Valensiya”ni 2:1 hisobida yutdi, “Seltik” mehmonda “Malme”ga 2:0 hisobida yutqazdi. Zagrebning “Dinamo”si “Skenderbeu” jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi, “Makkabi” klubi “Bazel” bilan 1:1 durrang natija qayd qildi.

Chempionlar Ligasi. Pley-off bosqichi. Javob uchrashuvlari

MALMYo (Shvetsiya) – Seltik (Shotlandiya) 2:0
Gollar: 1:0 – 23 Rozenberg, 2:0 – 54, Boyata avtogoli.
Birinchi uchrashuv – 2:3.


DINAMO ZAGReB (Xorvatiya) – Skenderbeu (Albaniya) 4:1

Gollar: 1:0 – 9 Sudani, 1:1 – 10 Eskerdinya, 2:1 – 15 Xodjich, 3:1 – 55 Taravel, 4:1 –80 Sudani.

MAKKABI Tel-Aviv (Isroil) – Bazel (Shveytsariya) 1:1
Gollar: 0:1 – 11 Dzuffi, 1:1 – 24 Zaxavi.
Birinchi uchrashuv – 2:2.

Monako (Monako) – VALeNSIYa (Ispaniya) 0:1
Gollar: 0:1 – 4 Negredo, 1:1 – 17 Radji, 2:1 – 75 Elderson.
Birinchi uchrashuv – 1:3.

ShAXTYoR (Ukraina) – Rapid Vena (Avstriya) 2:2
Gollar: 1:0 – 10 Marlos, 1:1 – 13 Shaub, 1:2 – 22 Xofmann, 2:2 – 27 Gladkiy.
Birinchi uchrashuv – 1:0.

26 avgustda quyidagi juftliklar o‘rtasida javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi:

APOEL (Kipr) – Astana (Qozog‘iston)
Bayyer (Germaniya ) – Latsio (Italiya)
Bryugge (Belgiya) – Manchester Yunayted (Angliya)
Partizan (Serbiya) – BATE (Belapus)
TsSKA (Rossiya) – Sporting (Portugaliya)

Top