10:45 / 26.08.2015
3581

Dushanbeda Islom tiklanish partiyasi ofisi yopib qo‘yildi

Tojikiston iqtisodiy sudi qaroriga ko‘ra Islom tiklanish partiyasining Dushanbedagi ofisi yopib qo‘yildi. Interfaks agentligiga ma'lum bo‘lishicha, bunday qaror qabul qilinishiga sabab sifatida mamlakatning eng yirik muxolif birlashmasi tuzgan oldi-sotdi shartnomasining noqonuniyligi ko‘rsatilgan.

Partiya faollarining fikricha, hukumat shu yo‘l bilan 15 sentabrga mo‘ljallangan partiya s'yezdini to‘xtatmoqchi. S'yezd aynan shu ofisda o‘tkazilishi rejalashtirayotgan edi.

Bino partiya tomonidan “Tijorat” MChJdan 12 yil muqaddam sotib olingan. Ushbu oldi-sotdining noqonuniy amalga oshirilgani oradan shuncha yillar o‘tgach sudda ko‘rib chiqilishi huquq himoyachilarini tashvishga solmoqda.

Tojikiston advokatlar kollegiyasi rahbari Buzurgmehr Yorov sud qarorini noqonuniy deb hisoblashini ta'kdiladi.
“Hech kim mulkdorlik huquqi bekor qilinmaguniga qadar binodan foydalanishni taqiqlab qo‘ya olmaydi”, - dedi Yorov.

Top