20:19 / 26.08.2015
2994

Yevrokuboklarda gol urish bo‘yicha rekordchi bo‘lgan futbolchi Maskarenyash vafot etdi

"Sporting" jamoasining sobiq hujumchisi, angolalik Maskarenyash 78 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda UYeFA rasmiy saytida xabar qilindi.

Maskarenyash yevrokuboklarda eng ko‘p gol urgan futbolchi hisoblanar edi.

1963-1964 yillar mavsumida u Kubok egalari Kubogi turniri finalida "Sporting" jamoasi tarkibida Kiprning APOEL jamoasi darvozasiga 6ta gol urgan, o‘sha o‘yin portugaliyaliklarning 16:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangandi. O‘sha turnirda Maskarenyash jami 11ta golga mualliflik qilgandi.

Ma'lumot uchun, Maskarenyash "Sporting" tarkibida 107 o‘yinda 80ta gol urgan. U "Benfika" va Portugaliya terma jamoalarida ham to‘p surgan.

Top