22:25 / 26.08.2015
4548

Oxirgi so‘rovnomalarga ko‘ra Putinning reytingi ikki oydan beri pasaymoqda

Ijtimoiy fikrni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi Levada-sentr tadqiqot markazi tomonidan avgustda o‘tkazilgan tadqiqot yakunlariga ko‘ra, ayni paytda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning faoliyatidan mamlakatning 83 foiz fuqarosi qoniqmoqda, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Putinning faoliyatidan 17 foiz aholi norozi bo‘lmoqda. Ikki oydan beri Putin olib borayotgan ishlarni ma'qullash reytingi pasaymoqda.

Iyunda prezidentning olib borayotgan ishlarini 89 foiz aholi ma'qullagan bo‘lsa, iyulda bu ko‘rsatkich 87 foizni tashkil qilgan edi.

Top