09:02 / 26.08.2015
4562

O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi kitob namoyishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida "O‘zbekiston" nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etilgan “Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik mezoni” nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

7 bob, 10 bo‘limdan iborat kitobda ratsional ovqatlanish tartib-qoidalari, mamlakatimizda yetishtirilib, taom tayyorlashda qo‘llaniluvchi mahsulotlarning tarkibi hamda biologik ahamiyati, aholining turli qatlamlari uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari, oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, buyuk insonlarning ovqatlanish va salomatlik haqidagi mulohazalari, parhez taomlarini tayyorlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rin olgan.

Top