01:50 / 26.08.2015
5012

Pentagon Rossiyaning Eronga S-300 majmuasini sotishi ehtimoliga salbiy qaramoqda

AQSh Rossiyaning Eronga S-300 zenit-raketa majmuasini sotishi ehtimolidan xavotir bildirmoqda.
Agar bu majmualar Eronda paydo bo‘lsa, AQSh prezidenti ixtiyorida bunga javob berishning barcha ko‘rinishlari bo‘ladi, jumladan prezident harbiy xarakterdagi ta'sir javobni qo‘llashi mumkin bo‘ladi, deb aytdi matbuot-anjumani davomida Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk.

“Biz S-300 sotilishi voqealarning ijobiy rivojlanishi bo‘ladi, deb hisoblamaymiz”, deb aytdi Kuk va AQSh Mudofaa vazirligi ushbu holatni kuzatib borayotganini ta'kidlab o‘tdi. Kukning ta'kidlashicha, agar Eron bu tizimlarga ega bo‘lsa, Pentagon o‘z imkoniyatlariga ishonadi”. “Prezidentda barcha harakatlar varianti bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Kuk. Kukdan gap qanday ta'sir javobi haqida ketayotganiga aniqlik kiritish haqidagi murojaatga “Harbiy xarakterdagi javob haqida. Biz bu tizimning imkoniyatlarini bilamiz”, deb javob berdi.
19 avgustda SANA axborot agentligi Eron Mudofaa vaziri Husayn Dehqonning bayonotiga iqtibos keltirgan holda Eron joriy haftada Rossiya bilan S-300 majmualarining yetkazilishi bo‘yicha kelishuvni imzolashini ma'lum qilgan edi.

Top