23:12 / 26.08.2015
3100

Peru politsiyasi pingvin ortidan poygaga tushdi

Peruning Ankash viloyatida Gumboldt pingvini ishtirokida antiqa voqea yuz berdi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror nashri. Nuevo-Chimbote aholisi o‘zini “talmovsirab va hovliqqan” tarzda tutayotgan, avtomobillar orasida yurgan qush haqida politsiyaga xabar berishgan. Pingvin qanday qilib uni ko‘rishgan joyda paydo bo‘lgani noma'lum, biroq u yo‘lda ketayotgan mashinadan tushib qolgani taxmin qilinmoqda.

Voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar qochishga usta chiqib qolgan pingvinni darrov tuta olmadilar. Nashrning ta'kidlashicha, perulik politsiyachilar “dunyodagi eng muloyim poygani” uyushtirishdi.

Oxir-oqibat qo‘rqib ketgan qush qo‘lga olindi. Uni pijak bilan o‘rab, mashinaga solib, politsiya bo‘limiga olib borishdi va u yerda baliq bilan mehmon qilishdi. Politsiyachilar unga hattoki Pingvi deya laqab ham qo‘yishdi. Pingvi hayvonot bog‘iga berilishi kutilmoqda.

Top