14:48 / 26.08.2015
2329

Pokiston YeII bilan erkin savdo shartnomasi imzolashni rejalashtirmoqda

Pokiston hukumati rahbari Navoz Sharif Qozog‘istonga tashrif buyurdi. 26 avgust kuni Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev uni Oq O‘rdada qabul qildi.
Ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida Navoz Sharif Islomobodning YeII bilan erkin savdo shartnomasi imzolashdan manfaatdor ekanligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

“Pokiston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan erkin savdo kelishuvini imzolamoqchi. Bu Pokiston biznes jamoatchiligining YeII bilan samarador hamkorligiga yo‘l ochadi”, - dedi u “Ekspress K” nashriga bergan interyusida.
Bu jarayonda Qozog‘iston alohida o‘rin tutishi ta'kidlandi: “Birlashmaning faol a'zosi bo‘lgan Qozog‘iston bu kelishuvni qo‘llab-quvvatlashda muhim o‘rin tutishi mumkin”.

Top