21:48 / 26.08.2015
5112

Putin Rossiya Misrda birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini ma'lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya va Misr bu mamlakatda birinchi elektr stansiyasi qurilishi loyihasining amaliy masalalarini muhokama qilishni yakunlayotganlarini ma'lum qildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Ikki davlat mutaxassislari stansiya qurilishining amaliy tomonlarini ishlab chiqishni yakunlashmoqda”, deb aytdi o‘zining misrlik hamkasbi Abdulfattoh As-Sisiy bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha Putin.

Top