00:40 / 27.08.2015
5249

AQShda jurnalistlarni o‘ldirgan qotil jinoyat aks etgan videoni tvitterda joylashtirdi

AQShda jurnalistlarni o‘ldirgan qotil o‘z qurbonlarini otayotgani aks etgan videoni tvitterda joylashtirdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Jinoyatchi jurnalistlarni noprofessionnaligi uchun o‘ldirganini yozgan. Uning aytishicha, o‘ldirilgan jurnalist o‘ziga irqchilik kayfiyatida sharh berishga izn bergan.
Qotil avval jurnalistlar bilan bir telekanalda ishlagan va ularning hamkasbi bo‘lgan Brays Uilyams ismli shaxs bo‘lib chiqdi. U telekanalda multimedia jurnalisti sifatida faoliyat yuritgan.

Top