00:45 / 27.08.2015
3256

Boysunda qariyb 90 mln so‘mlik rasmiylashtirilmagan elektr o‘choqlar ushlab qolindi

Surxondaryoning Boysun tumanidagi Darband YPX maskani xodimlari Samarqand-Denov yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan G. Qidirniyozov boshqaruvidagi Mercedes-Benz rusumli yuk avtomashinasida 88.4 mln so‘mlik 421 dona elektr o‘choqlar olib ketilayotganini aniqlashdi. Tekshiruv davomida bu yuklar soxta hisob-faktura asosida olib ketilayotgani ma'lum bo‘ldi.

Voqea joyida hujjatlar rasmiylashtirilib, noqonuniy tovarlar olib qo‘yildi.
SVOJJDLQK departamentining Surxondaryo viloyat boshqarmasi bo‘limining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan G. Qidirniyozovga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Top