01:44 / 27.08.2015
3529

Qoraqalpog‘istonda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollar guruhi qo‘lga olindi

Qoraqalpog‘istonda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan ayollar guruhi qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

To‘rtko‘llik Gavhar Jumaqlicheva ushbu jinoiy guruhga rahbarlik qilib kelgani aniqlandi. Uning guruhiga qizi Guljahon, qarindoshlari Sarvijon, Maral va boshqalar a'zo bo‘lgan.

1990 yili tug‘ilgan Guljahon 21 yoshidan buyon onasiga bu ishda ko‘maklashib kelgan. Samarqandlik Naray ismli shaxsdan bir necha marotaba 100-200 gr miqdorida geroin sotib olib, To‘rtko‘lga keltirib sotgan. Bunga opa-singil Sarvijon va Maral Amanovalar unga ko‘makchi bo‘lishgan.

Gavhar Jumaqlichevaning o‘zi giyohvand modda iste'mol qilardi. Shu bois u giyohvand moddalar saqlanadigan sandiq kalitini qiziga berib qo‘ygan. Ammo vaqt o‘tishi bilan Guljahon ham geroinga o‘rganib qoldi.
Jumaqlicheva ukasi B. Jumaqlichevdan 10 gr geroin olayotgan paytda qo‘lga tushirildi. Tergov jarayonida uning boshqa sheriklari ham aniqlandi.

Top