23:06 / 27.08.2015
2772

Seliya Shashich 2014/15 yillardagi mavsumda Yevropaning eng yaxshi ayol futbolchisi deb topildi

Bugun, 27 avgustda Monakoda UYeFA talqini bo‘yicha 2014/15 yillardagi mavsumda Yevropaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti sovrindori nomi e'lon qilindi.

Avvalroq ayollar futbolini yorituvchi 18 nafar jurnalistdan iborat hakamlar hay'ati bu mukofot uchun uch nafar nomzodni tanlab olgan edi. Ushbu hay'at Chempionlar Ligasining guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimida g‘olib nomini e'lon qildi.

Ushbu mukofot uchun Amandin Anri (Fransiya, “Lion”), Jyenifer Marojan (Germaniya, “Frankfurt”) va Seliya Shashich (Germaniya, “Frankfurt”, faoliyatini tugatgan) da'vogarlik qilgan edi.

O‘tgan mavsumda Yevropaning eng yaxshi ayol futbolchisi deb Seliya Shashich topildi. Futbolchi mukofotni UYeFA prezidenti Mishel Platinining qo‘lidan oldi.

Shashich o‘zining faoliyatini 27 yoshida tugatishga qaror qildi. U o‘tgan mavsumda Chempionlar Ligasi va jahon chempionatiining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan.

Top