17:36 / 27.08.2015
7766

Toshkentdagi «Fleshka» savdo markazi do‘konlarida Asus smartfonlari sotuvga chiqarildi

Toshkent shahridagi «Fleshka» (sobiq «Malika» fabrikasi) savdo markazi do‘konlarida Zenfon 2 (16, 32 va 64 Gb versiyalari), Zenfon 5 (16 Gb versiyasi) va Zenfon 6 (16 Gb versiyasi) sotilmoqda. Bu haqda mobinfo.uz nashri xabar tarqatdi.

Manbada yozilishicha, Zenfon 2 qurilmasining oddiy varianti 1,2 mln. so‘mdan (16 Gb , 2 Gb tezkor xotirali), eng yaxshi versiyasi (4 Gb tezkor xotirali) esa 1,7 mln. so‘mdan sotilmoqda.

Zenfon 6 16 Gb xotiraga ega turi 1,1 mln. so‘mni tashkil qilmoqda. Eng arzon turdagi Zenfon 5ni (16 Gb.li turi) 874 ming so‘mdan xarid qilish mumkin.

Top