18:26 / 28.08.2015
4636

Avgustda so‘m rublga nisbatan 11 foizga o‘sdi

O‘zbekiston milliy valyutasi – so‘m kursi avgust oyi davomida mustahkamlanib bordi, deb xabar beradi markaziy bank matbuot xizmati.

Oy boshidan buyon unga nisbatan rublning rasmiy kursi 11 foizga tushdi. 1 rubl 44.37 so‘mdan 39.89 so‘mga tushdi.

“O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida birinchi o‘rinni egallaydigan davlat milliy valyutasining keskin qadrsizlanishi Rossiya bilan savdo munosabatlarining rivojlanishiga ta'sir o‘tkazmasligi mumkin”, - ta'kidladi Central Asia Investments tahlilchisi Ilxat Tushev.

Rossiyaning O‘zbekistonga eksporti strukturasida 60 foizlik ulushni mashinasozlik kompleksi mahsulotlari egallaydi. O‘zbekistonning Rossiyaga eksportida esa bu sektor 8-10 foizni tashkil qiladi. Tushevning fikricha, bunday disproporsiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga Rossiya moliya bozoridagi valyuta beqarorligi ta'siridan chetda turish imkoniyatini beradi.

Top