00:37 / 28.08.2015
3978

Instagram fotosuratlarning yangi shakllarini joriy qilmoqda

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida fotosurat va videolarning kvadrat shakliga qo‘shimcha yana ikkita: portret va albom formatlari paydo bo‘ldi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida ma'lum qilindi.

Yangi formatlarning kiritilishi haqidagi qaror Instagram’da chop etiladigan har beshinchi video yoki surat kvadrat shaklga ega bo‘lmacligi sababli qabul qilindi.

Instagram profilida kadrlar sahifa bir xil ko‘rinishda bo‘lishi uchun avvalgidek kvadrat shaklda ko‘rinaveradi, biroq obunachilarning yangiliklar lentasida surat va video uni foydalanuvchi qanday o‘lchamda joylashtirgan bo‘lsa shunday formatda paydo bo‘ladi.

Top