10:04 / 28.08.2015
2672

Liviya qirg‘oqlarida bortida yuzlab muhojirlar bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Liviyaning Zuvara shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududda bortida 500 nafarga yaqin muhojir bo‘lgan ikki kemaning to‘qnashuvi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC News.

Bortida 50 nafarga yaqin kishi bo‘lgan birinchi kema juma, 28 avgust kuni erta tongda halokat xabarini yuborgan. 400 nafarga yaqin muhojir bilan ketayotgan ikkinchi kema esa keyinroq cho‘kishni boshlagan.

Liviya qirg‘oq himoyasi xodimlari qutqaruv operatsiyasini boshlashdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kemalardagi aksariyat yo‘lovchilar hayotdan ko‘z yumishgan. Mahalliy fuqarolardan birining ma'lum qilishicha, Zuvari shahar shifoxonasiga 100ga yaqin jasad olib kelingan. Halok bo‘lganlan orasida Suriya, Bangladesh v Afrikaning Sahroi Kabir sahrosi hududida joylashgan boshqa bir qator mamlakatlar fuqarolari bo‘lgan. Biroq bu haqda rasmiy xabar tarqatilgani yo‘q.

Avvalroq BMTning xabar qilishicha2015 yilda O‘rta Yer dengizida Afrika mamlakatlaridan Yevropa qit'asiga o‘tishni mo‘ljallagan 2400 nafarga yaqin muhojir halok bo‘lganini ma'lum qilgan edi.

Top