09:34 / 28.08.2015
2358

Nazarboyev MAGATE bosh direktori bilan uchrashdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev MAGATE bosh direktori Yukiya Amano bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida u Amanoni kam boyitilgan uran banki ochilishi haqidagi shartnomaning imzolanishi bilan tabrikladi, deb xabar beradi prezident matbuot xizmati.

“Qozog‘iston Semipalatinsk poligonini yopdi, biz eng yirik yadroviy aslahaxonadan voz kechdik. Mamlakatimiz izchillik bilan yadroviy qurolni tarqatmaslik siyosatini yuritmoqda. O‘ylaymanki, bu boradagi qarashlarimiz mos keladi”, - ta'kidladi Nazarboyev.

O‘z navbatida, Yukiya Amano shartnomaning imzolanishi chinakam tarixiy voqea bo‘lganligini alohida qayd qildi. “Bugun atom elektr stansiyalari qurmoqchi bo‘lgan davlatlar kam boyitilgan har qanday bozor sharoitida ham uran sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ldi”, - dedi u.

MAGATE bosh direktori Qozog‘iston o‘zining yadroviy qurol tarqatmaslik tartibini mustahkamlashdagi o‘rni tufayli bunday bank ochilishi uchun eng munosib nomzod bo‘lganligini ta'kidlab o‘tdi.

“Biror-biror davlat yadroviy dasturini uran boyitishdan boshlashi barchani tashvishga soladi. Bu uning noqonuniy tarqatilishi ehtimolini kuchaytiradi. Biz esa o‘z yadroviy silsilamizni yaratmasdan atom ishlatish uchun sharoit yaratmoqdamiz”, - xulosa qildi Nazarboyev.

Top