14:19 / 28.08.2015
3150

Nazarboyev: Qozog‘iston aholisi o‘rta farovonlikka erishgan davlatlar darajasiga yaqinlashdi

Nursulton Nazarboyev mamlakat konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Konstitutsiya: birlik, barqarorlik, farovonlik” mavzuidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyadagi chiqishi chog‘ida Qozog‘iston aholisi o‘rta farovonlik darajasida yashaydigan mamlakatlarga yaqinlashganini ma'lum qildi.

“20 yil ichida biz YaIMning shu darajasiga erishdik, paritet qobiliyatini inobatga olmagan taqdirda ham Qozog‘iston postsovet muhitida birinchi o‘rinda turibdi. Biz sharqiy va o‘rtasharqiy davlatlar darajasiga chiqdik, biz Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardan o‘zib ketdik. Biz o‘rta farovonlikdagi davlatlar darajasiga yetib keldik. O‘rta farovonlikning tuzog‘i bor, ko‘p davlatlar undan o‘tib keta olmaydi. Keyingi qadamni tashlash uchun keyingi islohotni o‘tkazashimiz lozim. Shu bois men 5 institutsional islohot va millat uchun 100 qadamni taklif qildim”, - uning so‘zlarini keltiradi Nur.kz sayti.

Uning fikricha, 5 institutsional islohot va millatning 100 qadami iqtisodiyotning o‘sib borishiga zamin hozirlaydi.
“Ko‘plab mustaqil davlatlarning tajribasini o‘rganar ekanmiz, davlat qurish juda mas'uliyatli, murakkab va uzoq davom etadigan jarayon ekanligiga iymon keltiramiz, - so‘zida davom etdi Qozog‘iston yetakchisi. – Barqarorlikka iqtisodiy taraqqiyot va odamlarning farovonligisiz erishib bo‘lmaydi”.

Top