09:47 / 29.08.2015
5354

Amerikalik oila o‘z uyida ichida 51 ming dollar puli bo‘lgan seyf topib oldi

AQShning Arizona shtatida yashaydigan oila o‘z uylaridagi oshxonani ta'mirlash vaqtida devor ortida qolib ketgan begona seyf topib oldi. Bu seyf ichida 51 ming dollardan ortiqroq pul borligi ma'lum bo‘ldi.

Bu seyf ichida puldan tashqari 1960 yilda ishlab chiqarilgan Burbon vinosi hamda 1977 yilda nashrdan chiqqan "Sarosimadagilar uchun qo‘llanma" nomli Frits Shumaxer qalamiga mansub kitob ham topilgan.

Shuningdek, bu juftlik po‘lat sandiq ichidan oq-qora rangdagi suratni olishgan.

Noma'lum yosh yigit tasvirlangan suratning orqa tomonida yozuv ham bor.
"Alan, menda sen o‘qishing uchun kitob bor. Men bu kitobda ko‘p ba'zi narsalarni ko‘rdim. Sening do‘sting Vinsent", deb yozilgan surat ortiga.

Bu oila o‘z topilmalari haqida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilishgan va sirli Alanni topib, unga kitobni hamda pullarni topshirmoqchiliklarini aytishgan. Burbon vinosini esa o‘zlarida olib qolishmoqchi.

Top