15:38 / 29.08.2015
4230

MAKS-2015ning yozgi dasturi yog‘ingarchiliklar tufayli to‘xtatildi

Kuchli yomg‘ir tufayli Xalqaro aviatsion-kosmik saloni — MAKS-2015 yozgi dasturining ikkinchi kuniga belgilangan parvozlar namoyishi to‘xtatildi.

“Interfaksa” agentligining ma'lum qilishicha, mazkur yozgi dasturni tomosha qilish uchun aerodrom maydoniga jam bo‘lgan minglab tomoshabinlar yomg‘irdan qochib, ko‘rgazma pavilonlariga bekinishga majbur bo‘lishdi.

Yomg‘irdan keyin esa samolyotlar parvozi yana qaytadan amalga oshirila boshlandi.

Moskva viloyati Jukovskiy tumanida bo‘lib o‘tayotgan MAKS-2015 xalqaro aviasaloni ertaga, 30 avgust kuni o‘z nihoyasiga yetadi.

Bu yil MAKS xalqaro aviasaloni 12-marotaba bo‘lib o‘tmoqda.

An'anaga ko‘ra, aviasalonda aviatsiya “faxriylari” ham ishtirok etmoqda. Mazkur ikki o‘rinli DIT mashg‘ulot qiruvchi samolyotidan bor-yo‘g‘i uch dona ishlab chiqarilgan.

SU-30 SM kabinasi

Ka-52 - Ka 52K vertolyotlarining namoyishga qo‘yilgan namunasi. Vertolyotlar ichida eng so‘nggilaridan hisoblanadi: birinchi mahsulot parvozi 2015 yil mart oyida bo‘lib o‘tgan. Rossiya armiyasi joriy 2015 yildan ushbu vertolyotlar bilan ta'minlanadi. Uning dastlabki prototiplari esa o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etigan.

Yak-130 va uning jangovar jamlanmasi

VM-T "Atlant" samolyotlari Boyqo‘ng‘ir kosmodromida afsonaviy “Bo‘ron”larni yetkazib turgan. O‘zining tashqi ko‘rinishi sababli “Uchuvchi bochka” nomini olgan.

Top