19:21 / 30.08.2015
3388

Arab koalitsiyasi zarbasidan Yamandagi fabrikaning 36 ishchisi halok bo‘ldi

Yaman shimoli Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy havo kuchlari tomonidan bombardir qilinishi natijasida 36 nafar tinch aholi vakili halok bo‘ldi, deya xabar qildi Reuters. Bu safar Hajja provinsiyasidagi salqin ichimliklar zavodi zarbalar ostida qolgan.

“36 nafar ishchning jasadi olib chiqildi. Ularning ko‘pchiligi yongan yoki parchalarga bo‘linib ketgan”, – dedi agentlikka guvohlardan biri.

29 avgust kuni Yaman poytaxti Sana shahridagi AQSh elchixonasi yaqinida avtomobil portlatilgan edi. Hodisa qurbonlari haqida xabar qilinmadi.

Top