20:26 / 30.08.2015
3940

Qozog‘iston prezidenti Xitoyga davlat tashrifi bilan keldi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 30 avgust kuni Pekinga davlash tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida Nazarboyev Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashadi.
“Nursulton Nazarboyev Xitoyning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashadi va Xitoy xalqining yapon bosqinchilariga qarshi kurashdagi g‘alabasining 70 yilliga bag‘ishlangan tantanali paradda ishtirok etadi”, deb ma'lum qilmoqda Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati.

Avvalroq Nazarboyevning Xitoyga tashrifi 3 sentabrgacha davom etishi ma'lum qilingandi. Tashrif davomida bir qator kelishuvlar imzolanishi kutilmoqda.

Top