17:38 / 30.08.2015
2508

Suzuki Volkswagen bilan hamkorlikni to‘xtatib, undagi aksiyalarini qayta sotib olmoqchi

Suzuki Motor Corp. kompaniyasi Germaniyaning Volkswagen AG avtomobil ishlab chiqaruvchisi bilan hamkorlikni to‘xtatib, undagi o‘z aksiyalarini qayta sotib oladi. Bu haqda kompaniya prezidenti Osamu Sudzuki Tokioda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qildi. Shartnoma bahosi 400 mlrd iyen (taxminan 3,3 mlrd dollar) atrofida.

“Biz sud qaroridan to‘liq qoniqish hosil qildik va kelgusida mustaqil ravishda rivojlanishga tayyormiz. Biz o‘z aksiyalarimizni bozor narxida sotib olamiz. Shartnoma bahosi 400 iyenni tashkil etadi”, – dedi u.

Yapon kompaniyasining nemislardan aksiyalarni sotib olishni bekor qilish to‘g‘risidagi qarori Suzuki`ning 2011 yilda imzolangan ikki tomonlama shartnoma shartlarining Volkswagen tomonidan buzilishi yuzasidan shikoyati Xalqaro savdo palatasi arbitraj sudi qarori bilan qondirilganidan so‘ng qabul qilindi. 2011 yilda nemis kompaniyasi yapon ishlab chiqaruvchisining 19,9 foiz aksiyalarini sotishdan bosh tortgan edi.

Ma'lumot o‘rnida, 2009 yil dekabr oyida Suzuki va Volkswagen kompaniyalari hamkorlik qilishga kelishib olgan edi. Biroq shartnoma kutilgan samarani bermadi va tomonlar o‘rtasida turli kelishmovchiliklar vujudga kela boshladi. Suzuki Volkswagen`ni shartnoma shartlarini buzganlikda, unga texnologiyalarni yetkazmaganlikda aybladi. Shuningdek, yapon kompaniyasi vakillari nemislar ularni o‘zining bo‘linmasi singari boshqarmoqchi bo‘lganini ham aytib o‘tdi.

Top