15:15 / 30.08.2015
10583

Turkiya prezidenti fuqaro qo‘lidan sigaretni olib, tavba qilishga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rejyep Tayip Erdogan juma namozini o‘qib bo‘lgandan so‘ng fuqarolardan birining qo‘lidan sigaretni olib, uni tavba qilishga chaqirdi. Prezident va fuqaro o‘rtasida quyidagicha suhbat bo‘lib o‘tdi:

Erdogan: “Yo Alloh, mana shu muqaddas juma kuni sigaretni tashlaman”, – deb ayt.
Fuqaro: InshaAlloh.
Erdogan: InshaAlloh. “InshaAlloh” nima ma'noni anglatadi? “Agar Alloh xohlasa”. Alloh nimani xohlaydi? Yaxshilikni. Alloh yomonlikni xohlamaydi. Ramazonda ham chekasizmi?
Fuqaro: Yo‘q.
Erdogan: Demak, bu qiyin ish emas.

Top