14:00 / 31.08.2015
8201

1 sentabr kuni Toshkentdagi 38 raqamli marshrutka yo‘lovchilar uchun bepul xizmat ko‘rsatadi

1 sentabr kuni O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi kunida Toshkent shahridagi xususiy kompaniyalardan biri o‘z yo‘nalishlaridan biri poytaxt aholisi uchun bepul xizmat ko‘rsatishini ma'lum qildi.

Aniqlik kiritilishicha, shu kuni Ibn Sino massividan Oloy bozoriga qatnaydigan 38 raqamli marshrutkadan aholi tekinga foydalanishi mumkin bo‘ladi. Bu yo‘nalishda qatnovchi transport vositalari Navarot TAXI korxonasiga tegishli hisoblanadi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari korxonaning bu tashabbusini qizg‘in ravishda qo‘llab-quvvatlashgan.

Top