16:43 / 31.08.2015
3406

Afg‘oniston armiyasi 1 kun ichida 70 nafarga yaqin jangarini yo‘q qildi

Afg‘oniston armiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus harbiy amaliyot davomida 70 nafarga yaqin jangari o‘ldirildi, shuningdek, 8 nafar afg‘on askari halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma'lumoti asosida Sinxua agentligi xabar bergan.

"Amaliyotlar davom ettirilgan oxirgi kun ichida turli hududlarda 70 nafar atrofidagi jangari o‘ldirilib, 43 nafari jarohatlandi. Ulardan biri asirga olindi. Shuningdek, Afg‘oniston armiyasining 8 nafar askari halok bo‘ldi", deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd qilinishicha, bu amaliyot natijasida jangarilarga tegishli bo‘lgan oziq-ovqat va qurol-yarog‘ omborlari egallangan.

Ayni vaqtda aholini "Tolibon" jangarilaridan muhofaza qilish maqsadida harbiy amaliyotlar davom ettirilmoqda.

Top