06:54 / 31.08.2015
3008

Yevropa Ittifoqi davlatlari 14 sentabrda muhojirlar masalasini muhokama qilish uchun uchrashadi

Lyuksemburg Yevropa Ittifoqida raislik qilayotgan davlat sifatida 14 sentabrda Yevropa Ittifoqining 28 ta davlati adliya va ichki ishlar vazirlari ishtirokida muhojirlar oqimining oshib borayotgani bilan bog‘liq vaziyatni hal qilish uchun yig‘ilish o‘tkazadi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

“Yevropa Ittifoqidan tashqarida va ichkarida migratsiya bilan bog‘liq vaziyat yaqinda katta ko‘rinishga keldi”, deb aytilmoqda Lyuksemburg bayonotida. Yevropa Ittifoqidan bu vaziyatga javobni kuchaytirish uchun keyingi qadamlarni qabul qilish kerakligi ta'kidlanmoqda.

Aynan shu sabab Lyuksemburgning migratsiya va boshpanalar bo‘yicha vaziri Jan Asselborn Yevropa Ittifoqi davlatlarining adliya va ichki ishlar vazirlarining favqulodda kengashini chaqirishga qaror qildi.

Bundan avval Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Tereza Mey YeIning migratsion tizimi ishlamayotganini va Yevropa bo‘ylab muhojirlarning erkin harakatlanishlarini cheklab qo‘yishni talab qilgan edi.

Top