20:54 / 31.08.2015
4658

"IShID" jangarilari Iroqning Naynava viloyatidagi masjidni portlatishdi

"IShID" jangarilari Iroq shimolidagi Naynava viloyati hududidagi masjidlardan birini portlatib yubordi. Shuningdek, viloyat markazi Mosul shahoidagi 2ta xristianlar cherkoviga ham jiddiy zarar yetkazilgan. Bu haqda kurdlarning 4-harbiy bo‘linmasi rahbari Isa Zeueyaga asoslanib, Eronning Fars axborot agentligi xabar bergan.

"Jangarilar Shura tumanidagi Abu-Bakr masjidini portlatishdi. Minalangan masjid va uning yonidagi qabriston yer bilan yakson bo‘ldi", deyiladi xabarda.

"Jangarilar Mosulning tarixiy qismidagi xaldeylar cherkovi va Bibi Maryam ibodatxonasiga bostirib kirib, devorlardagi suratlar hamda diniy yozuvlarni o‘chirib tashlashgan", deb qo‘shimcha qiladi kurd harbiysi.

Uning qayd etishicha, jangarilar Mosuldagi tarixiy obidalarni va zamonaviy turarjoylarni yo‘q qilishda davom etmoqda.

Top