09:31 / 31.08.2015
6720

Misr o‘z hududida gaz zaxiralarini aniqlagach, gaz import qilishni to‘xtatdi

Misr O‘rta Yer dengizining o‘z qirg‘oqlariga yaqin hududidagi sheleflarda ulkan miqdrodagi gaz zaxiralari borligini aniqlagach, 5 yil davomida gaz importini to‘xtatib turishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.

Misr neft va mineral resurslari vazirligining rasmiy vakili Xamd Abdulazizning aytishicha, yangi gaz zaxiralari 1967 yildan keyin aniqlangan eng yirik manba bo‘lib, bu yerdagi gaz Misrni kamida 10 yil davomida tabiiy gaz bilan ta'minlay oladi.

"Bu bizga boshqa davlatlardan gaz sotib olmasligimizga imkon beradi", deydi vazirlik vakili.

Qayd etilishicha, bu zaxiralarning ochilishi Isroil bozoriga ta'sir qiladi. Biroz oldinroq, Misr Isroilning "Leviafan" konlaridan gaz import qilishni rejalashtirayotgandi.

Biroz oldinroq, Misr qirg‘oqlari yaqinida O‘rta Yer dengizida yirik tabiiy gaz koni topilgani xabar qilingandi.

Top