21:57 / 31.08.2015
3603

Putinning Xitoyga tashrifi davomida 30 ga yaqin ikki tomonlama shartnoma tuzish rejalashtirilmoqda

2-3 sentabr kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Xitoyga tashrifi davomida 30 ga yaqin ikki tomonlama shartnoma tuzish rejalashtirilmoqda, deb ma'lum qildi jurnalistlarga Putin yordamchisi Yuriy Ushakov.

Prezident yordamchisi Rossiyaning Xitoydagi delegatsiyasi anchagina katta bo‘lishini aytmoqda. Delegatsiya tarkibiga Rossiya prezidenti ma'muriyati rahbari Sergey Ivanov, bosh vazir o‘rinbosarlari Igor Shuvalov, Olga Golodets, Dmitriy Rogozin, tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, transport vaziri Maksim Sokolov, energetika vaziri Aleksandr Novak, mudofaa vaziri Sergey Shoygu kiradi. Bundan tashqari, Xitoy tomoni bilan muzokaralarda Rossiya biznesi vakillari, jumladan "Rosneft" rahbari Igor Sechin, "Gazprom" prezidenti Aleksey Miller, biznes-ombudsmen Boris Titov, VEB rahbari Vladimir Dmitriyev, Rossiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi rahbari Kirill Dmitriyev, VTB prezidenti Andrey Kostin, "Rosatom" rahbari Sergey Kiriyenko va tadbirkor Gennadiy Timchenko ham ishtirok etadi.

Top