09:55 / 31.08.2015
4719

WP: AQSh xakerlik hujumlari tufayli Xitoyga sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Oq uyda Xitoy bilan munosabatlar bo‘yicha ba'zi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sanksiyalar joriy etishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bunga xitoylik noma'lum shaxslar tomonidan AQShda xakerlik hujumlari sodir etayotgani sabab bo‘lishi mumkin.

Washington Post nashrida yozilishicha, keyingi 2 hafta ichida bu bo‘yicha rasman qaror qabul qilinadi.

AQSh hukumati va davlat departamenti bu xabarga izoh bildirmagan.

Qayd etilishicha, bu taqiqlar AQSh kadrlar agentligiga amalga oshirilgan hujum emas, AQSh razvedkasiga amalga oshirilgan xakerlik hujumi tufayli qo‘llanadi.

Bundan oldinroq, AQSh prezidentligiga nomzodlardan biri Hillari Klinton Xitoyni AQShda nimaiki harakatlanayotgan bo‘lsa, barchasini to‘xtatishni niyat qilganlikda ayblagandi.

Top