11:06 / 01.09.2015
2259

Bangkokdagi Osiyo chempionatida 10 o‘zbek bokschisining 9 nafari chorak final bahslarini davom ettiradi

2015 yilning 31 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Thanasat University sport zalida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining oltinchi kungi bahslari davom ettirildi.

Shahobiddin Zoirov (52 kggacha vazn toifasi) Tanaka Ryomei (Yaponiya)ni mag‘lub etgan bo‘lsa, Elshod Rasulov (81 kggacha vazn toifasida) Murst Nuraydin Xakana (Katar) ustidan g‘alaba qozondi.

Shunday qilib, musobaqada ishtirok etayotgan 10 bokschining 9 nafari chorak final bahslarida kurashlarni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Mazkur bahslarda Osiyoning 23 mamlakatidan 80 nafar sportchi ishtirok etadi:

O‘zbekiston — 9;

Havaskor bokschilar xalqaro assotsiatsiyasi va Qozog‘iston — 8 nafardan;
Eron — 6;
Tailand — 5;

Xitoy, Yaponiya, Qirg‘iziston, Mongoliya, Turkmaniston — 4 nafardan;

KXDR, Filippin, Tojikiston, Vetnam — 3 nafardan;

Iordaniya, Janubiy Koreya, Suriya — 2 nafardan;

Butan, Indoneziya, Iroq, Livan, Pokiston, Shri-Lanka — 1 nafardan.

1 sentabr kuni musobaqaning chorak final bahslari bo‘lib o‘tadi. Unda 91 kggacha vazn toifasida: Rustam To‘laganov shri-lankalik Sampat Nuvan Sugeyev hindistonlik Singx Manpreyet bahsi g‘olibi bilan ringga chiqadi.

Top