16:13 / 01.09.2015
2580

Bangkokdagi portlash bo‘yicha asosiy gumondor qo‘lga olindi

Talinad hukumati Bangkokdagi portlashda asosiy gumondor bo‘lgan chet el fuqarosini qo‘lga oldi, deya xabar berdi VVS mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ocha ma'lumotiga asoslangan holda.

Portlashdagi asosiy gumondor Tailandning Kamboja bilan chegaradosh Sakeu provinsiyasida hibsga olindi.

29 avgust kuni yana bir xorij fuqarosi portlashda aloqadorlikda gumon qilinib qo‘lga olingan edi. Uning yashash manzili tintuv qilinganida, portlovchi moddalar tayyorlashga oid qo‘llanma hamda 10ta soxta pasport ham topilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, portlash 17 avgust kuni Bangkokning savdo-sotiq va sayyohlik markazida sodir bo‘lgan edi. Qo‘lbola radioboshqaruvli portlovchi modda Xitoy, Singapur va tayvanlik sayyohlar gavjum bo‘lgan to‘rt boshli fil ko‘rinishidagi Eravan ilohi yaqinida harakatga keltirilgan edi.

Top