10:31 / 01.09.2015
1758

Ernanes "Inter"dan "Yuventus"ga o‘tdi

"Yuventus" "Inter"dan braziliyalik yarimhimoyachi Ernanesni sotib olganini rasman e'lon qildi.

Xabar qilinishicha, 30 yoshli futbolchi bilan 3 yillik shartnoma tuzilgan. "Yuventus" uning transferi uchun 11 mln yevroni 2 yil davomida to‘lashi nazarda tutilgan. Shuningdek, "Inter"ga qo‘shimcha bonuslar sifatida yana 2 mln yevro berilishi mumkin.

Italiyadagi faoliyatini "Latsio"da boshlagan futbolchi 2014 yilda "Inter"ga o‘tgan g‘amda mavsum davomida 26 o‘yinda ishtirok etib, 5ta gol va 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgandi.

Top