17:43 / 01.09.2015
2256

Muhojirlar tartibsizligi sababli to‘xtatib qo‘yilgan Budapesht vokzali faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi

Budapesht shahridagi Keleti temir yo‘l vokzali seshanba, 1 sentabr kuni yuzlab noqonuniy muhojirlar uning tashqarisiga siqib chiqarilganidan so‘ng o‘z faoliyatini qaytadan boshladi, xabar berdi M1 venger telekanali.

Avvalroq Keleti vokzali politsiya tomonidan evakuatsiya qilingani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Ikki soat davom etgan amaliyot jarayonida poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Bu paytda vokzalga birorta poyezd kirib kelmadi, undan poyezdlar chiqib kelishiga ham yo‘l qo‘yilmadi.

Bunga 500 nafar atrofidagi muhojir Venaga yo‘l olgan so‘nggi poyezdga chiqib olish uchun tartibsizliklar uyushtirgani sabab bo‘lgan edi.

Ayni paytda vokzal qarshisidagi maydon muhojirlar bilan to‘lgan. VVS xabariga ko‘ra yuzlab muhojirlar o‘z poyezd chiptalarini qo‘lga olgan holda “Germaniya, Germaniya!” deya hayqirishmoqda.

Qayd etilishicha, poyezdlar harakati faqatgina muhojir bo‘lmagan odatdagi yo‘lovchilar uchun qayta tiklangan. Politsiya esa muhojirlarni tarqatish bilan band. Ularning ko‘pchiligi yuzlab yevroga chipta sotib olgani, vokzalda bir necha kundan buyon qolib ketayotganidan shikoyat qilgan.

Top