21:37 / 01.09.2015
2933

"MYu" Antoni Marsyalni "Monako"dan 36 mln funt evaziga transfer qildi

"Manchester Yunayted" "Monako" jamoasidan 19 yoshli hujumchi Antoni Marsyalni xarid qilgani haqida rasman ma'lum qildi.

Jamoa rasmiy saytida xabar qilinishicha, bu futbolchi uchun 36 mln funt to‘lanadi. U bilan "4+1" ko‘rinishida shartnoma imzolangan.

Marsyal "MYu"da 9 raqami ostida harakat qiladi.

Bu futbolchi biroz oldinroq "Monako" bilan shartnomasini 2020 yilgacha uzaytirgandi.

Bungacha, futbolchining transferi uchun "MYu" 80 mln yevro sarflashi xabar qilingandi.

O‘tgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 35ta o‘yinda 9 ta gol (bittasi penaltidan) urdi va 3ta golli uzatma amalga oshirdi.

Top