12:53 / 01.09.2015
2982

OAV: AQSh kibertahdidlar yuzasidan Rossiya va XXRga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

AQSh o‘z korxonalariga kiberhujumlar uyushtirishda gumon qilinayotgan Rossiya va Xitoy jismoniy va yuridik shaxslariga qarshi iqtisodiy cheklovlar joriy qilish masalasi ustida o‘ylamoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shunga qaramay, ta'kidlanishicha, hukumat bu borada hali biror aniq qarorga kela olgani yo‘q. Boz ustiga, sentabrda kutilayotgan XXR raisi Si Tszinpinning AQShga tashrifi arafasida bunday sanksiyalarning joriy qilinishi o‘zaro munosabatlarga salbiy ta'sir o‘tkazishi mumkin.

Sanktsiyalar hukumat serverlariga hujumlar uyushtirilgan xakerlarni nazarda tutmaydi. Cheklovlar tijoriy tashkilotlar faoliyatiga kibermuhit orqali aralashgan shaxslar va korxonalarga qarshi joriy qilinishi mumkin. Bu ularni AQSh moliyaviy tizimiga kirishiga to‘siq bo‘lishi kutilmoqda.

Top