07:08 / 01.09.2015
2764

O‘zbekistonda Mustaqillik yillarida yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim yaratildi

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Mustaqilligining yigirma to‘rt yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda mamlakatda mustaqillikka erishgan birinchi kunlardan boshlab eski tuzumning qolip va aqidalaridan butunlay xoli bo‘lgan, mustaqil fikrlaydigan, hayotga yangicha qaraydigan, buyuk ishlarga qodir kuch sifatida yosh avlodni tarbiyalashga qaratilgan mutlaqo yangi tizim yaratilganini ta'kidlab o‘tdi.

“Yurtimizda har yili 600 mingdan ko‘proq zamon talabiga javob beradigan yosh mutaxassislar – kamida ikki-uchta kasb-hunarni, chet tillarni, Internet va axborot texnologiyalarini, zamonaviy bilim cho‘qqilarini egallagan, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashuvga tayyor bo‘lgan, ko‘zi yonib turgan yigit-qizlarimiz bugun jamiyatimizning haqiqatan ham hal qiluvchi kuchiga aylanib, hayotga kirmoqda. Bizning eng katta suyanchimiz va tayanchimiz bo‘lmish ana shunday yoshlarga, ana shunday beqiyos salohiyatga ega bo‘lgan xalqni hech qachon o‘z yo‘lidan qaytarib, yengib bo‘lmaydi. Bunga barchamizning ishonchimiz komil”, deb aytmoqda Islom Karimov.

Top