08:51 / 01.09.2015
2230

O‘zbekistonlik bojxonachilar yil boshidan beri 53,1 mlrd so‘mlik tovar-moddiy boyliklar ushlab qolishdi

O‘zbekistonlik bojxonachilarning sa'y-harakatlari natijasida yil boshidan beri Davlat byudjyetiga bojxona to‘lovlari bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,3 foizga rejadan oshirib bajarildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda aytib o‘tildi.

Shuningdek, kontrabanda va tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylantirish hollarini bartaraf etish bo‘yicha ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. O‘tgan oylar davomida 53,1 mlrd so‘mlik 13,5 ming tovar-moddiy boyliklar ushlandi. Shuningdek, O‘zbekistonga turli buzg‘unchilik va ekstremistik g‘oyalar, zo‘ravonlik va axloqsizlikni targ‘ib qiluvchi audio va videomahsulotlarning olib kirilishini bartaraf etishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.  

Top