11:51 / 01.09.2015
4340

Toshkentda mashina hujjatlarini soxtalashtirgan qallob qo‘lga olindi

Toshkentda mashina hujjatlarini soxtalashtirgan qallob qo‘lga olindi. Bu haqda “Ogoh” gazetasida chop etilgan IIBB YHXB hisobotida aytildi.

Aytilishicha, YPX brigadasi xodimlari Yashnobod tumani Ohangaron shoxko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Nexia avtoulovini to‘xtatishgan. Hujjatlar tekshirilganda ularning qalbaki ekanligidan shubhalangan osoyishtalik posbonlari haydovchining hujjatlarini olib, uni IIBB EKMga tekshirish uchun jo‘natishgan.

EKM xulosasiga ko‘ra, YPX xodimlarining shubhlari tasdiqlanadi. Hujjatlarni qalbakilashtirgan haydovchi Navoiy viloyatidan bo‘lgani xabar qilindi.

Top