06:38 / 01.09.2015
3451

Venaga yuzlab qochqinlar bilan liq to‘la poyezdlar kelmoqda

Yuzlab qochqinlar Venaga poyezdlarda kelmoqda, deb ma'lum qilmoqda Reuters. axborot agentligi.

Muhojirlarni politsiya va odamlarga suv tarqatayotgan ko‘ngillilar kutib olmoqda. Vena politsiyasi hozircha qochqinlarning aniq sonini aytmayapti, biroq qochqin maqomini olish uchun ariza bermagan va buni Avstriyada qilmoqchi bo‘lganlar bunday imkoniyatga ega bo‘lishlari ma'lum qilinmoqda. Shengen vizasi bo‘lmaganlar Vengriyaga qaytarib yuboriladi.

Bundan avval muhojirlar va boshqa yo‘lovchilar bilan to‘lib-toshgan poyezd Vengriya-Avstriya chegarasida bir necha soat to‘xtatib turilgandan keyin yana yo‘lida davom etgani ma'lum qilingan edi. Bunga “Avstriya temir yo‘llari” Budapeshtdan kelayotgan liq to‘la poyezdlar haddan ziyod to‘lib-toshib ketgani xavfli bo‘lishi mumkinligi nuqtai nazaridan ularni o‘tkazishdan bosh tortgani sabab bo‘lgan edi.

Top