08:33 / 02.09.2015
2793

Instagram shaxsiy xabarlar imkoniyatini kengaytirdi

Instagram shaxsiy xabarlarga o‘zgartirish kiritdi – endilikda foydalanuvchilar shaxsiy foto va videoxabarlar bilan almasha olishadi. Bu haqda The Verge nashri xabar bermoqda

Dastur yangilangandan keyin unda shaxsiy xabarlarda matn va boshqa kontent bilan almashish fukntsiyasi paydo bo‘ladi.

Nashrning ma'lumotlariga ko‘ra, Direct deb nomlanuvchi xabarlardan 85 mln kishiga yaqin odam – barcha foydalanuvchilarning uchdan bir qismidan kamrog‘i foydalanadi, bu yangi funksiyaning ijtimoiy tarmoqning boshqa funtsiyalaridan yakkalangani bilan shartlangan.

Yangilanma geopozitsiya, xeshteg va hattoki boshqa foydalanuvchilarning profili bilan almashish imkonini berdi.

Top