15:43 / 02.09.2015
2073

MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashining Minskdagi yig‘ilishida Ukraina vakillari ishtirok etmaydi

MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashining Minskdagi yig‘ilishida Ukraina vakillari ishtirok etmaydi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi sayti orqali xabar qilindi.
Ma'lum bo‘lishicha, MDH davlatlari ichki ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi chorshanba kuni Minskda bo‘lib o‘tadi.

Yig‘ilishda kengash a'zolari kiberjinoyatchilik, avtotransport o‘g‘irligi, psixotrop, psixofaol va narkotik moddalar aylanmasiga qarshi kurash masalalarini muhokama qiladi.
Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, O‘zbekiston va Tojikiston delegatsiyalari ishtirok etadi.

Top