08:09 / 02.09.2015
3045

"MYu" Marsyalni Fransiya futboli tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylantirdi

Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi "Monako" hujumchisi Antoni Marsyalni Fransiya futboli tarixidagi eng qimmatbaho futbolchiga aylantirdi.

Bundan oldinroq, ushbu 19 yoshli hujumchi "MYu" tomonidan transfer qilingani, bu transfer qiymati umumiy hisobda 80 mln yevroni tashkil etishi (dastlab 50 mln yevro, keyinchalik bonuslar sifatida yana 30 mln yevro) haqida xabar qilingandi.

Qayd etish kerakki, "MYu" Fransiya terma jamoasida hali biron marta maydonga tushmagan futbolchi uchun shuncha ko‘p mablag‘ to‘ladi.

O‘tgan mavsumda futbolchi Fransiya chempionatida 35ta o‘yinda 9 ta gol (bittasi penaltidan) urdi va 3ta golli uzatma amalga oshirdi.

Top