20:56 / 02.09.2015
11159

O‘zbekistonda maktab darsliklari ijara haqining yangi qiymatlari e'lon qilindi

O‘zbekiston Moliya vazirligi yangi 2015/2016 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta maktablarning darsliklar komlekti uchun ijara haqi miqdori haqida ma'lumot berdi. 

Quyidagi jadvalda shu ijara haqlari bo‘yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Qayd etish joizki, 1-sinf o‘quvchilari uchun darsliklar bepul taqdim qilinadi. Joriy yilda butun respublika bo‘yicha 631 mingdan ko‘proq jajji o‘g‘il-qizlar maktab ostonasini ilk bor xatlab o‘tdilar. An'anaga ko‘ra, o‘quv yilining birinchi kuni ularga tantanali ravishda O‘zbekiston Prezidenti sovg‘alari taqdim qilinadi. Prezident sovg‘alari 12 ta nomdagi o‘quv quroli va darslik, papkani o‘z ichiga olgan.

Top