07:00 / 02.09.2015
6036

O‘zbekistondagi elchixonalar rahbarlari mustaqillikning 24 yilligi munosabati bilan o‘zlarining iliq fikrlarini bildirmoqdalar

O‘zbekistondagi elchixonalar rahbarlari “Jahon” axborot agentligi muxbirlariga bergan intervyularida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida o‘tkazilgan O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligini nishonlash shodiyonalari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Pamela Spratlen, AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

“Samarqanddagi rang-barang “Sharq taronalari” festivalidan keyin bugun men sizning davlatingiz mustaqilligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lmoqdaman.

Mustaqillik kuni har bir davlat uchun muhim sana hisoblanadi. AQShda bu bayram tantanali vaziyatda nishonlanadi. Biroq O‘zbekistondagi tadbir o‘zining miqyosi va serjiloligi bilan hayratga solmoqda.

Hozirgi kunda davlatlarimiz orasida yaxshi hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan va qo‘llab-quvvatlanib kelinmoqda. Kuni-kecha O‘zbekistonga AQSh Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Daniel Rozenblyum tashrif buyurdi. Uning tashrifi ikki tomonlama munosabatlarning o‘sayotganidan darak beradi.

Barcha o‘zbekistonliklarni ajoyib bayram – mustaqillikning navbatdagi shodiyonasi bilan tabriklayman. Barchangizga tinchlik, baxt va fayzu-baraka tilab qolaman!”

Naytxart Xyofer-Vissing, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

“Hozirgi kunda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar siyosiy, iqtisodiy, investitsion sohalarni qamrab olgan holda jadal rivojlanmoqda. Umuman olganda O‘zbekiston Germaniyaning ishonchli hamkori hisoblanadi. Shuning uchun respublikada mustaqillik yillarida erishilgan taraqqiyotni ko‘rishdan juda xursandmiz.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov to‘g‘ri aytganlaridek, hozirgi kunda siyosiy va iqtisodiy beqarorlik saqlanib qolinayotgan bir paytda, O‘zbekiston o‘zining chuqur o‘ylangan rivojlanish strategiyasi tufayli o‘sishning yuqori sur'atlari saqlanib qolayotgan va aholi farovonligi darajasi borgan sari yuqorilab borayotgan davlatlardan biri bo‘lib qolmoqda".

O‘zbekiston mustaqilligining 24 yilligi munosabati bilan O‘zbekistonga o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishda yangi zafarlar tilab qolaman!”

Rikkardo Manara, Italiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi:

“Mustaqillik yillarida sizning davlatingiz ko‘plab chiqariqlarga yuzma-yuz keldi, biroq siz ularni muvaffaqiyatli hal qildingiz va jamiyat va davlat qurilishida sezilarli yutuqlarga erishdingiz. Samarali iqtisodiy stragetiya amalga oshirilmoqda. Respublikada millatlararo hamjihatlik, tinchlik va farovonlik hukm surmoqda. Bularning barchasi – puxta o‘ylangan, ongli islohotlar natijasidir.
Bayram munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga barcha ezgu niyatlarni tilab qolaman!”

Top