14:45 / 02.09.2015
3251

Uoll-Stritda O‘zbekiston bayrog‘i yuqori ko‘tarildi

AQShning Nyu-York shahridagi diqqatga sazovor joylardan biri Uoll-Stritda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 24 yil to‘lgani munosabati bilan marosim o‘tkazildi. Bu marosim vaqtida O‘zbekiston davlat bayrog‘i yuqori ko‘tarilib, hilpiratilgan.

"Jahon" AA ma'lumotiga ko‘ra, ushbu marosim O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi diplomatik missiyasi va Amerika-Turkiston assotsiatsiyasi hamkorligida tashkillashtirildi.

Marosim vaqtida O‘zbekiston madhiyasi ham ijro etilgan. Qayd etilishicha, 15 metr balandlikka ko‘tarilgan O‘zbekiston bayrog‘i keyingi 7 kun davomida hilpirab turadi.

Bayram mehmonlariga o‘zbek musiqasi va milliy raqslaridan namunalar namoyish etilgan.

Top