19:31 / 02.09.2015
2420

Xitoy kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ustidan nazoratni kuchaytirdi

XXR Xalq banki va huquqni muhofaza qilish organlari xitoyliklarga boshqa mamlakatlarga pul jo‘natishda yordam berayotgan noqonuniy kompaniyalarga qarshi kurashni kuchaytirdi. Bu Xitoydan kapital chiqib ketishining oldini olishga qaratilgan choralardan biridir, deya xabar berdi The Wall Street Journal.

Shuningdek, 15 oktabrda valyuta bozoridagi treyderlar uchun zaxiralarga bo‘lgan talablar oshiriladi. Natijada kuchsizlangan yuan stavkalari nisbatan barqarorlashi kutilmoqda.

Mamlakatdagi yirik kredit muassasalaridan biri – Bank of China va China Citic Bank ham yuridik shaxslar uchun valyuta operatsiyalari bahosni oshirishni rejalashtirayotgani ma'lum qilindi. Nashrning qayd etishicha, kompaniyalarga bir necha holatdagina yuanni xorij valyutalariga almashtirib imkoniyati berilishi mumkin. Masalan, import uchun to‘lovlarni amalga oshirish yoki XXR hududidan tashqaridagi investitsiyalarga pul o‘tkazishda.

Bu kabi choralarni qo‘llash orqali Xitoy hukumati yuan kursining pastlashuvini sekinlatib, mamlakatdan kapitalning chiqib ketishiga to‘siqlar o‘rnatishni maqsad qilib olgan.

Top